| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi50 marta oʻqildi

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik belgisi bilan tamgʻalanadi

2021 yil 1 iyuldan taʼlim, sport va tibbiyot muassasalarida xavfsizlik belgisi bilan tamgʻalanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik belgisi bilan tamgʻalanadi

“Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini koʻrsatuvchi belgilar bilan tamgʻalanadi.

Bunda:

2021 yil 1 iyuldan:

  • oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;

  • taʼlim, sport va tibbiyot muassasalarida xavfsizlik belgisi bilan tamgʻalanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bunday mahsulotlarni realizatsiya qilish savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi.

    Ayollar va bolalar ayrim turdagi dori vositalari bilan bepul taʼminlanadi

2025 yil 1 yanvardan respublikaga sotish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari ularning inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini koʻrsatuvchi belgilar bilan majburiy tartibda tamgʻalanadi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilash davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ