| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi520 marta oʻqildi

Oʻzbekistonlik qiz Kolumbiya universitetining ilk oʻzbek professori boʻldi

Kolumbiya universiteti birinchi marta umr boʻyi professorlik lavozimiga oʻzbekistonlik qiz – Aziza Shanazarovani tanladi.

Oʻzbekistonlik qiz Kolumbiya universitetining ilk oʻzbek professori boʻldi

Oʻzbekistonliklar orasida ilk bor Aziza Shanazarova Kolumbiya universitetining tenure track pozitsiyasi, yaʼni umrbod professorlik lavozimiga qabul qilindi.

Kolumbiya universiteti Ivy League toifasiga kirgan. Ayvi ligaga AQShdagi eng nufuzli 8 ta – Brown, Columbia, Cornell, Dartmouth college, Harvard, Princeton, Pennsylvania, Yale universitetlar kiradi.

Tenure track pozitsiyasiga professor va professor assistenti ishga olinib, ular bilan tuziladigan mehnat shartnomasi universitet maʼmuriyati tomonidan bekor qilinmaydi. Bunday shartnomaning asosiy maqsadi – olimning erkinligini (academic freedom) taʼminlashdir.

Aziza Shanazarova "Female religiosity and gender history in pre-modern Central Asia" (Oʻrta asrlardagi Markaziy Osiyoda genderlik tarixi va ayollar dindorligi) mavzusida AQShning Indiana – Blumington universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. U 2 ta yoʻnalishda (dinshunoslik va Markaziy Osiyo tarixi) PhD – falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ