Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni bajarish boʻyicha yangi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Xorijiy aviatashuvchilar tomonidan Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni bajarish boʻyicha tasdiqlangan yangi yoʻriqnomaga koʻra, parvozlar jadvallari koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Transport vazirining 2020 yil 5 fevraldagi buyrugʻi bilan Oʻzbekistonga xorijiy aviatashuvchilar tomonidan muntazam parvozlarni bajarish boʻyicha yangi yoʻriqnoma tasdiqlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur Yoʻriqnoma Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiya va Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun xorijiy aviatashuvchilar tomonidan ruxsatnomalar olish tartib-tamoillarini, shuningdek, parvoz jadvallarini koʻrib chiqish va tasdiqlash chogʻida Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
Mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq parvozlar jadvallarini koʻrib chiqish va tasdiqlash Oʻzbekiston Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, ularni koʻrib chiqishda "Oʻzaviatsiya" agentligi, "Oʻzaeronavigatsiya" Markazi DUK va "Uzbekistan Airports" AJ ishtirok etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

