| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi892 marta oʻqildi

Oʻzbekistondagi uchta sohada korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi tahlil qilindi

Taʼlim, qurilish va sogʻliqni saqlash sohalarida korrupsiya qarshi kurashish boʻyicha faoliyat yuzasidan axborot berildi.

Oʻzbekistondagi uchta sohada korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi tahlil qilindi

29 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi majlisi oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekistondagi korrupsiya xavfi boʻlgan sohalar

Majlisda taʼlim, qurilish va sogʻliqni saqlash sohalarida korrupsiya qarshi kurashish boʻyicha faoliyat yuzasidan Bosh prokuror oʻrinbosari E.T.Yuldashevning axboroti eshitildi.

Jumladan, oliy taʼlim muassasalarida jamoatchilik kengashlari shakllantirilib, korrupsiya muhitini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash uchun anonim soʻrovlar oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Toʻgʻridan-toʻgʻri muassasa rahbariyati yoki vazirlikka elektron shaklda murojaat qilish (shu jumladan anonim tarzda) imkoniyati yaratildi.

Kapital qurilish sohasida esa “Qurilishdagi nazorat” quyi tizimi Toshkent shahrida sinov tariqasida ishga tushirilib, qurilish nazoratini amalga oshirish jarayonida elektron hujjat almashinuvini bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.

Sogʻliqni saqlash sohasida mijozlarni ovqat bilan taʼminlash, kir yuvish, bino va inshootlarni saqlab turish, shuningdek, ularni muhandislik-texnik tizimlariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash hamda tibbiy buyumlarni zararsizlantirish xizmatlari autsorsingga oʻtkazildi.

Korrupsiya haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dastur yaratiladi

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yangi zamonaviy elektron tizimini joriy etish, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalanib, targʻibot-tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish, korrupsiya illatini batamom yoʻq qilish maqsadida hamjihatlikda kompleks nazorat choralarini koʻrish masalalari ham muhokama qilindi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ