Oʻzbekistondagi korxonalarning 68 %i oʻz biznesining istiqbollari yaxshilanishiga ishonadi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi soʻrovi
Bunday baholash respondentlarning kelgusi 2-3 oy davomida mamlakatda biznesni rivojlantirishga taʼsir qiluvchi tashqi omillarning noaniqligi nisbatan yuqori boʻlgan davrda optimistik prognoz ekanligidan dalolat beradi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) sentyabr oyida Oʻzbekistondagi ishbilarmonlik muhitini baholash uchun korxonalar oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi. Soʻrovda 1003 korxona ishtirok etdi.
Soʻrovnoma ikki yoʻnalishda oʻtkazildi:
biznesning hozirgi holatini sifatli baholash;
tadbirkorlarning keyingi 2-3 oydagi kutilmalari.
Oʻzbekistondagi ishbilarmonlik muhitining tahlili
Biznesning hozirgi holati koʻrsatkichi 33 punktni tashkil etdi (oʻtgan oyga nisbatan 3 punktga pasayish), bu tadbirkorlarning oʻz biznesining hozirgi holatiga nisbatan oʻrtacha ijobiy degan fikrda ekanliklarini tavsiflaydi.
1003 ta korxonadan 37 %i biznesning hozirgi holatini "yaxshi" (avgust oyida 38%), 49 %i "qoniqarli" (avgust oyida 46%) va atigi 14 %i "yomon" (avgustda 16%) deb baholamoqda.

Tovar/xizmatlarga boʻlgan talab korxonalarning 39 foizida «yaxshilandi» (avgustda 34 foiz), «oʻzgarmadi» - 42 foiz (avgustda 32 foiz), 19 foizda «yomonlashdi» (avgustda 34 foiz). Xodimlar soni korxonalarning 23 foizida “oʻsdi” (avgustda 11 foiz), 63 foizda “oʻzgarmadi” (avgustda 72 foiz), 14 foizga “pasaydi” (avgustda 17 foiz).
Keyingi 2-3 oy davomida biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish koʻrsatkichi 66 punktni tashkil etdi (oʻsish 3 punkt), yaʼni keyingi 2-3 oy ichida oʻz biznesini rivojlantirish istiqbollari toʻgʻrisida tadbirkorlarning taxminlari ijobiy boʻlib qolmoqda. (1-rasm)
Biznes-iqlim koʻrsatkichlari dinamikasi, rivojlanish istiqbollari va hozirgi holati

Keyingi 2-3 oy ichida tovar / xizmatlarga boʻlgan talab korxonalarning 64 foizida «yaxshilanadi», 30 foizida «oʻzgarmaydi» va atigi 6 foiz talabning «yomonlashishini» taxmin qilmoqda.
Kelgusi oylarda korxonalarning 46 %i ishchilar sonining "oʻsishini" kutmoqda, 49% ishchilar soni "oʻzgarmaydi", 5% esa "pasayishini" kutmoqda. Soʻrovda 16% korxonalar oʻz tovar / xizmatlari narxlarini "oshirish", 36 %i oʻz mahsulotlariga narxlar "oʻzgartirmaslik", 4 %i "narxlar pasayishini" ni kutmoqdamiz deb javob berishdi, shundan 45 % respondentlar mazkur savolga javob bermaslikni maʼqul koʻrishdi.

Ishbilarmonlik muhiti koʻrsatkichi 49 ballni tashkil etdi (oʻzgarishsiz), yaʼni Oʻzbekistondagi ishbilarmonlik muhitining holati yaxshi deb baholandi.
Mavjud vaziyat va taxminlar qiymatlari oʻrtasidagi bogʻliqlik yaqin 2-3 oy ichida mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanib borishini anglatadi (2-rasm).
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sikli bosqichlari

Ekspertlarning taʼkidlashicha, Yevropa hududi (-1,19), Turkiya (5), Janubiy Koreya (68) va XXR (1,5) uchun ishbilarmonlik muhitining oʻxshash koʻrsatkichlarini baholash mos ravishda 0,15 punkt, 1 punkt, 2 punkt va 0,5 punktlarda kichik oʻsish kuzatildi. Rossiya uchun koʻrsatkich (-5) oʻzgarishsiz qoldi.
Feruzbek Davletov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Infografika: Oʻzbekistonning 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida MDH davlatlari bilan savdo aloqasi

