Oʻzbekistonda yangi universitet tashkil etildi
Oʻzbekiston Prezidenti qarori bilan Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi. Universitetda oʻquv jarayoni 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

“Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, quyidagilar negizida Toshkent davlat transport universiteti (Universitet) tashkil etildi:
• Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti;
• Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti;
• Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti.
Universitet transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Universitet idoraviy jihatdan Transport vazirligiga boʻysunadi.
Qaror bilan Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari belgilandi.
Transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Universitetning asosiy vazifalaridan biridir.
Universitetda oʻquv jarayoni 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Universitetni strategik rivojlantirish masalalari boʻyicha rektorning birinchi oʻrinbosari lavozimiga malakali xorijiy mutaxassis tayinlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

