| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi108 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda «oltin daftar» yagona maʼlumotlar bazasi yaratiladi (video)

«Oltin daftar» yagona maʼlumotlar bazasiga chet elda ishlaydigan fuqarolar — potensial sarmoyadorlar, nufuzli xorijiy universitetlarning professorlari va xalqaro tashkilotlar vakillari kiritiladi.

Oʻzbekistonda «oltin daftar» yagona maʼlumotlar bazasi yaratiladi (video)

Mehnat migratsiyasiga bagʻishlangan yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev «oltin daftar» yagona maʼlumotlar bazasini yaratishni taklif qildi. Unga chet elda ishlaydigan fuqarolar — potensial sarmoyadorlar, nufuzli xorijiy universitetlarning professorlari va xalqaro tashkilotlar vakillari kiritiladi. Bu haqda «Oʻzbekistan 24» telekanali efirida tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Farhod Arziyev maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari chet ellik mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini shakllantirish va ular bilan doimiy aloqa oʻrnatish zarurligini yana bir bor taʼkidladi. Prezident, shuningdek, dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi hamyurtlar, xususan, mehnat muhojirlarining aniq bazasini yaratish va ularning muammolarini aniqlash va hal qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish vazifasini qoʻydi.

«Yana bir muhim yoʻnalish prezidentimiz tomonidan belgilab berildi — «oltin daftar» atamasini joriy qilishni taklif qildi. Bu salohiyatli investor boʻladimi, yoki nufuzli xorijiy universitetlarda ishlayotgan professorlar boʻladimi, xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan vatandoshlarimiz boʻladimi, ular mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshishi mumkin», — dedi Farhod Arziyev.

Davlat rahbari, avvalo, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini Oʻzbekiston sharoitida qoʻllashni oʻrganishni buyurdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ