| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi594 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi

Bemor va uning oila aʼzolari, bemor bilan muloqotda boʻlganlarning shaxsiy maʼlumotlari sir saqlanishi boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatiladi. Shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha yana bir qancha cheklovlar oʻrnatilgan.

Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi

Oʻzbekiston bosh davlat sanitariya vrachining 17 mart kuni «COVID-19 koronavirus infeksiyasining respublika hududida tarqalishini oldini olish, kasallikni toʻgʻri tashxislash va davolash jarayonida profilaktik cheklov tadbirlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 5-sonli qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi (SEOA) matbuot xizmati.

Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq ilk holat aniqlandi

Ushbu qarorga muvofiq, 17 martdan boshlab quyidagi tartiblar joriy etiladi:

  • barcha davolash-profilaktika muassasalarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi boʻyicha cheklov oʻrnatiladi;

  • bemorlarni koʻrgani kelgan va boshqa begona shaxslarni davolash-profilaktika muassasalariga kirishi, bemorlarni tashxis-davolash ishlariga bogʻliq boʻlmagan shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishlari taqiqlanadi;

  • davolash-profilaktika muassasalariga kelayotgan bemorlarni tana haroratini oʻlchash, epidemiologik surishtiruv va koronavirus belgilariga tekshirib filtrdan oʻtkazish tashkil etiladi;

  • davolash-profilaktika muassasalariga kirish va chiqishni qatʼiy tartib asosida amalga oshirilishi va ichki ishlar boshqarmalarini jalb etgan holda muassasani perimetri boʻylab kun-u tun qoʻriqlanishi joriy etiladi;

    Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi

  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi (SEOM) huzuridagi virusologiya laboratoriyasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlillarini oʻtkazish milliy referens laboratoriyasi deb belgilanadi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy SEOM virusologiya laboratoriyalarida oʻtkazilgan tahlillar musbat natija bergan hollarda milliy referens laboratoriyasida qayta tekshiruvdan oʻtkazilib, uning natijasiga asosan yakuniy tashxis qoʻyish amaliyoti joriy etiladi;

  • bemor va uning oila aʼzolari, bemor bilan muloqotda boʻlganlarning shaxsiy maʼlumotlari sir saqlanishi boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatiladi;

  • epidemik vaziyat noxush boʻlgan hududlardan kelgan shaxslar hamda ular bilan muloqotda boʻlganlarni kasallikka laboratoriyada tekshirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida kirish-chiqish tartibi boʻlgan alohida maxsus namuna olish va kutish xonalari tashkil etiladi, bunda, tahlil natijasi chiqqunga qadar bemorlarni yuz niqobini taqqan holda kutib turishlari joriy etiladi.

    Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar yana ikki nafarga koʻpaydi

Qarorning toʻliq matni bilan quyida havola orqali tanishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ