| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Tahlil2 daqiqada oʻqiladi180 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda “isteʼmol savatchasi” qabul qilinmayotganining sababi aytildi (+video)

“Isteʼmol savatchasi” 3 qism – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlardan iborat.

Oʻzbekistonda “isteʼmol savatchasi” qabul qilinmayotganining sababi aytildi (+video)

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov 5 noyabr kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oʻzbekistonda yashash minimumi yaʼni “isteʼmol savatchasi”ning eng kam miqdori eʼlon qilinishiga oid BBC muxbiri Avaz Tohirov savoliga javob berdi. Xususan, jurnalist Avaz Tohirov yashash minimumi ochiqlanmasligi uning byudjet xarajatlariga qoʻshimcha yuk boʻlishi bilan izohlanadimi, deya savol berdi.

Yashash minimumi Oʻzbekistonda joriy etilmasligining sababi nimada, yaʼni byudjet koʻtarmasligidami?

Bu masalaning bitta sababi deb boʻlmaydi. Bu ham sabablarni ichida boʻlishi mumkin. Bu hali bizda chuqur tadqiq qilinmagan. Hisob-kitob qilinayotganda aholini daromadlarini oʻlchash degan narsa bor. Masalan, Oʻzbekistonda 13 million aholi ishlayotgan boʻlsa, shundan 4,5 millionga yaqini soliq toʻlaydi. Qolganlarning daromadi haqida rasmiy hisob yoʻq. Masalan, har bitta oila qancha daromad qilayotganini qayerdan bilamiz? Chuqur tadqiqot qilish kerak. Qancha isteʼmol qilayotganini qayerdan bilamiz? Chuqur tadqiqot qilish kerak.

Oʻzbekiston Respublikasining ichida ham koʻpgina hududlarni qarasangiz bir-biridan keskin farq qiladi. Baʼzi bir hududlarni odatlari boshqa hududlarga nisbatan farq qiladi. Bu narsalar yashash minimumida aks etishi kerakmi yoʻqmi?

“Isteʼmol savatchasi” – muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning eng kam toʻplami. “Isteʼmol savatchasi” eng kam ish haqi va pensiyalar, bazaviy ijtimoiy toʻlovlar, ishsizlik, bolani parvarishlash, boquvchisini yoʻqotganlik nafaqalari, stipendiyalar kabi moddiy ehtiyoj miqdorlarini belgilash uchun hisob-kitobga asos boʻlishi kerak.

Anʼanaga koʻra, “Isteʼmol savatchasi” 3 qism – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlardan iborat. Nooziq-ovqat tovarlariga kiyim-kechak, poyabzal, birinchi navbatda zarur boʻlgan buyumlar, dori-darmonlar, madaniy-maishiy va xoʻjalik uchun moʻljallangan tovarlar va hokazolar kiradi. Xizmatlar roʻyxatidan esa kommunal, transport xizmatlari, madaniy-maʼrifiy jabhalar oʻrin oladi.

Odatda “Isteʼmol savatchasi” aholining 3ta asosiy ijtimoiy-demografik guruhi – mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar va bolalar uchun ishlab chiqiladi. Yaʼni aholining turli qatlamlari tirikchiligi uchun zarur eng kam miqdorni belgilashda muayyan davrda isteʼmol savatchasidagi barcha neʼmatlarni isteʼmol qilish normalarini aniqlash zarur. Masalan, oddiy fuqaro normal hayot kechirishi uchun har kuni isteʼmol qilishi kerak boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami va miqdorini hisoblash yoki barcha kommunal xarajatlarni qoplashi uchun oyiga qancha summa zarurligi aniqlanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ