Oʻzbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqarilmoqda
Oʻzining texnik va jangovar xususiyatlariga koʻra “TARLON”, yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobilaridan aslo qolishmaydi.

Oʻzbekistonda “TARLON” (4x4) rusumli yengil zirhli avtomobilning (YeZA) tajriba namunasi “KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR” MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda Davlat mudofaa sanoati qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Oʻqlar va portlashlardan himoya etuvchi YeZA shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida oʻq-dori va portlovchi moddalardan himoya qilish, xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarishga moʻljallangan. Shuningdek, mobil guruhlar va blokpostlarga olovli madad berishi, qoʻshinlar va avtotransport kolonnalarni himoya qilishi, jangovar patrullik va boshqa jangovar vazifalarni bajarishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, oʻzining texnik va jangovar xususiyatlariga koʻra “TARLON”, yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobilaridan aslo qolishmaydi.
«TARLON»ning asosiy taktik va texnik tavsifi:

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

