Oʻzbekistonda COVID-19 yuqtirib olgan xorijlik sayyohlarga 3000 AQSh dollari toʻlab beriladi
Milliy innovatsion sogʻliqni saqlash palatasi raisi Ravshan Izamov «Oʻzbekiston 24» ga bergan intervyusida mahalliy va xorijiy sayyohlar oʻzlarining xavfsizligiga amin boʻlishlari kerakligini aytib oʻtdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan mamlakatda chet ellik sayyoh koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan taqdirda, unga 3000 dollar tovon puli toʻlab berilishi belgilandi.
Hujjat bilan «Uzbekistan. Safe travel guaranteed» (Oʻzbekiston. Kafolatlangan xavfsiz sayohat) sanitariya-epidemiologik tizimi joriy etilib, ushbu tizim chet ellik sayyohlar uchun oʻziga xos «havo yostigʻi»ga aylanishi kerak.
Ushbu tizimning bir qismi sifatida Xavfsiz turizm jamgʻarmasi tashkil etilmoqda. Uni moliyalashtirish manbasi sifatida Inqirozga qarshi fondidan 20 milliard soʻm, shuningdek sertifikatlash toʻlovlari kiradi.
Milliy innovatsion sogʻliqni saqlash palatasi raisi Ravshan Izamov «Oʻzbekiston 24» ga bergan intervyusida mahalliy va xorijiy sayyohlar oʻzlarining xavfsizligiga amin boʻlishlari kerakligini aytib oʻtdi.
«Ular koronavirus infeksiyasining har qanday shakli — nafaqat virus, nafaqat bakteriyalar, balki sanitariya va epidemiologik farovonlikka tegishli boshqa muammolar ham ularga taʼsir etmasligiga amin boʻlishlari kerak. Tur operatorlari, mehmonxonalar va turizm sohasi bilan bogʻliq boʻlganlar bir qator zarur talablar bajarilgandan soʻng ularga maxsus sertifikat beriladi… Ushbu sertifikat ularga sayyohlar bilan ishlashga imkon beradi», dedi Ravshan Izamov.
Mazkur sertifikat olish uchun beriladigan dastlabki badal haqida gapirganda, Ravshan Izamov tadbirkorlar uchun sertifikatlashtirish tizimi ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishini taʼkidladi.
«Agar chet ellik sayyoh koronavirus infeksiyasini yuqtirib olsa, unga 3000 dollar tovon puli toʻlab beriladi. Ushbu amaliyot dunyoning koʻplab mamlakatlarida keng qoʻllaniladi. Turoperator tomonidan karantin davrida chet ellik turistlarga xizmatlar faqat „Uzbekistan. Safe travel guaranteed“ reyestriga kiritilgan obʼyektlarda amalga oshirilishi mumkin. Turistik hududlarning maʼmuriy kengashini boshqarish hukumat rahbariga yuklatildi», — taʼkidlanadi «Oʻzbekiston 24» tayyorlagan reportajda.
Shuningdek, davlat aktivlari — turistik obʼyektlarni sotishdan tushgan mablagʻlar byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar zamonaviy infratuzilmani shakllantirish uchun Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Xususiy majmualarni turistik zonalarga oʻtkazilishining 75 foizi ushbu zonalar maʼmuriyatiga va qolgan 25 foizi Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

