Oʻzbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan
Shu vaqtgacha Oʻzbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan, ularning 7 ming nafariga ruxsat berib yuborilgan.

Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning maʼlum qilishicha, bugungi kungacha Oʻzbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan.
Ularning salkam 7 ming nafariga uyiga javob berilgan. Hozir vaqtda 2,3 ming nafar kishi karantinda ushlab turilibdi.
"Prezidentimiz xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan Oʻzbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari boʻyicha maslahat va koʻmak olish boʻyicha topshiriq bergan. Bu tez kunda sodir boʻlishi mumkin. Biroq shuni aytish kerakki, bugungi kunda ham har bir qadamda Xitoy tajribasi inobatga olinmoqda", dedi Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

