| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi208 marta oʻqildi

Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasi Sirdaryo viloyatiga xayriya mablagʻi ajratdi

Turkiyaning «Barer Holding» kompaniyasi investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan bir qatorda Sirdaryo viloyatining “Sardoba suv ombori” toʻgʻoni buzilishi va suv toshqini yuzaga kelishidan jabr koʻrgan mahalliy aholiga koʻmak berish maqsadida 250 ming dollar miqdorida xayriya mablagʻi ajratdi.

Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasi Sirdaryo viloyatiga xayriya mablagʻi ajratdi

Oʻzbekiston-Turkiya harbiy tekstil ishlab chiqarish qoʻshma korxonasi Sirdaryo viloyatiga xayriya mablagʻi ajratdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasi keyingi yillarda mamlakat mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish yoʻnalishida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va manfaatdor xorijiy sheriklar bilan kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyib kelmoqda. Xususan, Turkiya Respublikasining «Barer Holding» kompaniyasi bilan Toshkent viloyatida harbiy tekstil sanoatini yoʻlga qoʻyish va ikki maqsadga moʻljallangan tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan qoʻshma korxona barpo etilmoqda.

Turkiyaning «Barer Holding» kompaniyasi rahbariyati hamkorlikdagi investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan bir qatorda Sirdaryo viloyatining “Sardoba suv ombori” toʻgʻoni buzilishi va suv toshqini yuzaga kelishidan jabr koʻrgan mahalliy aholiga koʻmak berish maqsadida 250 ming dollar miqdorida xayriya mablagʻi ajratdi.

«Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumani aholisiga chin dildan hamdardlik bildiraman. Oʻzbekiston hukumati va fuqarolari ushbu falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun tezda safarbar etildi. «Barer Holding» kompaniyasi bu ofatdan zarar koʻrgan oilalarni qoʻllab-quvvatlashdan faxrlanadi. Kompaniya rahbariyati ogʻir kunlarda Sirdaryo xalqi bilan birga ekanligini izhor etadi: talafotlar tez kunlarda bartaraf etilishiga va Sirdaryo xalqi tez orada oʻzining farovon turmush tarziga qaytishiga ishonadi», deydi xolding kompaniya prezidenti Oktay Erdjan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ