Oʻzbekiston Qirgʻizistonga gumanitar yordam bermoqda
Oʻzbekistondan Qirgʻistonga COVID-19 virusini davolashda ishlatiladigan dori-darmon yetkazib berildi. Yaqinda shifoxona konteynerlari yordam sifatida yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 15 noyabr kuni Qirgʻiziston Respublikasiga gumanitar yordam joʻnatildi. Joʻnatilgan yordam tarkibida quyidagilar joy olgan:
100 ming dona qoʻlqop;
10 ming dona himoya kiyimlari;
100 ming dona niqoblar;
1000 ta quti geparin vositasi;
10 ming dona COVID-19 yuqtirishning oldini olish uchun toʻplam;
10 ming dona testlar;5 ming dona quti remdesevir;
4000 dona natriy xlor va boshqalar kirgan.
Bundan tashqari, ikkita modulli, yuqori texnologiyali kasalxonalar qurilishi boshlandi.
Yaqin kunlarda temir yoʻl orqali navbatdagi gumanitar yordamni yuborish rejalashtirilgan. Unda 400 maxsus shifoxona konteynerlari va 3000 tonna bugʻdoy yuborilishi rejalashtirilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

