| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi442 marta oʻqildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fitr sadaqa va fidya miqdorini belgiladi

Bu yilgi fidya miqdori esa bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida boʻlib, uning oʻrtacha qiymati 20 ming soʻm deb belgilandi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fitr sadaqa va fidya miqdorini belgiladi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori boʻyicha qarori qabul qilindi.

Taʼkidlanishicha, fitr sadaqasi quyidagi toʻrt narsaning qiymati barobarida chiqariladi. Ular: bugʻdoydan yarim soʻ, arpadan bir soʻ, mayizdan yarim soʻ va xurmodan bir soʻdir. Bir soʻ taqriban 4 kilogrammga teng.

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent bozorlaridagi narxlari oʻrganilganda 1 kg bugʻdoy oʻrtacha toʻrt ming soʻm, 1 kg arpa oʻrtacha uch ming soʻm, 1 kg mayiz oʻrtacha oʻttiz besh ming soʻm va 1 kg xurmo oʻrtacha oʻttiz ming soʻm ekani maʼlum boʻldi.

Shunga koʻra, 2020 yil (1441 hijriy yil) uchun fitr sadaqasining miqdori:

  • 2 kilogramm bugʻdoy 8 000 (sakkiz ming) soʻm;

  • 4 kilogramm arpa 12 000 (oʻn ikki ming) soʻm;

  • 2 kilogramm mayiz 70 000 (yetmish ming) soʻm;

  • 4 kilogramm xurmo 120 000 (bir yuz yigirma ming) soʻm deb belgilandi.

Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

Bu yilgi fidya miqdori esa bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida boʻlib, uning oʻrtacha qiymati 20 ming soʻm deb belgilandi.

Fitr sadaqasi qiymatlari Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilangan boʻlib, har bir viloyat oʻz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Islom shariatiga koʻra, fitr sadaqasi moli zakot nisobiga yetgan musulmon kishi tomonidan miskinlarga berilishi vojib boʻlgan sadaqa boʻlib, uni Ramazon oyi davomida berish maqsadga muvofiq sanaladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ