Oʻzbekiston markaziy bozorlarida kartoshka 6000 soʻmgacha, sabzi 5000 soʻmgacha, piyoz 4000 soʻmgacha sotilmoqda
Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston markaziy bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini maʼlum qildi.

Davlat statistika qoʻmitasi bozorlardagi narx-navo toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Qoʻmita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 10 noyabr kuni kuzatuv oʻtkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.
Suyakli mol goʻshti 45 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg suyakli mol goʻshtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski joʻva dehqon bozori» va «Qoʻyliq dehqon bozori»dagi arzonlashtirilgan goʻsht rastalarida qayd etilgan (45 000 soʻm).
Suyakli mol goʻshtining maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat» bozori, Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryoʻl dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Yangiyoʻl shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski joʻva dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qoʻyliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (60 000 soʻm).
Qoʻy goʻshti 48 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kg)
Qoʻy goʻshtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (48 000 soʻm) roʻyxatga olingan.
Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Eski joʻva dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da (75 000 soʻm) kuzatildi.
Kartoshka 2 500 soʻmdan 6 000 soʻmgacha (kg)
Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Toshkent shahrining «Qoʻyliq dehqon bozori»da sotuvdagi yirik boʻlmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 soʻm) qayd etilgan.
Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 soʻm) qayd etildi.
Piyoz 800 soʻmdan 4 000 soʻmgacha (kg)
Piyoz mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (800 soʻm) roʻyxatga olindi.
Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda boʻlgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (4 000 soʻm).
Sabzi 1 000 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori» va «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Fargʻona shahrining «Fargʻona shahar markaziy dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da (1 000 soʻm) qayd etilgan.
Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 soʻm) qayd etildi.
Tuxum 7 000 soʻmdan 15 000 soʻmgacha (10 dona)
Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Yangiyoʻl shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori», Fargʻona shahrining «Fargʻona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qoʻyliq dehqon bozori»da arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (7 000 soʻm).
Guruch 5 000 soʻmdan 19 000 soʻmgacha (kg)
Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahrining «Eski joʻva dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qoʻyliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da («Nukus-2» navli guruch 5 000 soʻm) qayd etilgan.
Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 19 000 soʻm).
Oʻsimlik yogʻi 11 000 soʻmdan 17 600 soʻmgacha (litr)
Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining minimal narxi Yangiyoʻl shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori»da (mahalliy paxta yogʻi 11 000 soʻm) kuzatildi.
Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yogʻi 17 600 soʻm) kuzatildi.
Shakar 5 800 soʻmdan 8 000 soʻmgacha (kg)
Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining «Eski joʻva dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qoʻyliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 800 soʻm) qayd etildi.
Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori» va «Jizzax markaziy dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori» Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (8 000 soʻm) kuzatildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

