Oʻzbekiston delegatsiyasi «Yangi Oʻzbekiston sari» mavzusidagi davra suhbatlar turkumida ishtirok etish uchun Germaniyaga yetib bordi
Sharqiy Yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazida «Yangi Oʻzbekiston sari» mavzusidagi davra suhbatida qatnashish uchun Oʻzbekiston delegatsiyasi Germaniyaga yetib bordi.

2020 yilning 24-26 fevral kunlari «Taraqqiyot strategiyasi» markazi Ijrochi direktori E.Tulyakov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktorining oʻrinbosari U.Abidxadjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar va Instituti markazi rahbari B.Mustafoyevdan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Berlin shahrida boʻlib oʻtadigan bir qator uchrashuvlar hamda davra suhbatlarida ishtirok etishadi.
Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Sharqiy Yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazida «Yangi Oʻzbekiston sari» mavzusidagi davra suhbatida qatnashishadi. Shuningdek, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Eduard Kinsbruner, Iqtisodiyot va tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Federal uyushma boshqaruvi raisi M.Shumann hamda Fan va siyosat jamgʻarmasi – xalqaro siyosat va xavfsizlik instituti rahbari F.Pertesom bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Fridrix Ebert va Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmalar vakillari bilan ham alohida muzokaralar boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan.
Uchrashuv va davra suhbatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga yoʻllangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, Oʻzbekiston Respublikasining ichki rivojlanishi va tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlari, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, mintaqaviy va global savdo-iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, 18-23 fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi (YEI) poytaxtida ishchi safari bilan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori O. Hakimov, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha menejeri O. Olimjonov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori G. Ismoilovalar ishtirok etishgan edi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasining ustuvor yoʻnalishlarini ochib berilib, Yevropa Ittifoqining siyosiy doiralariga Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan yangilanayotgan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mazmun-mohiyati yetkazildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

