| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi220 marta oʻqildi

Oʻzbekiston aholisi yil boshidan buyon qanchaga koʻpaydi?

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga koʻra qanchaga koʻpaygani haqida maʼlumot berdi. Aholi koʻpayishi sonining eng koʻp koʻrsatkichi Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelmoqda.

Oʻzbekiston aholisi yil boshidan buyon qanchaga koʻpaydi?

Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga koʻra, 34 036,8 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 131,6 ming kishiga yoki 0,4 % ga oʻsdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, 2020 yil 1 aprel holatiga koʻra hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi boʻyicha eng koʻp koʻrsatkich Samarqand viloyatida 11,4 % ni tashkil etib, keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyatida 11,1 % ni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 % ni va Andijon viloyatida 9,2 % ni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2020 yil 1 aprel holatiga koʻra Respublika doimiy aholisi sonining 30,8 % i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,7 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,5 % i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ