| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi95 marta oʻqildi

Oʻzbekiston aholisi 2023 yildan roʻyxatga olina boshlaydi

2023 yil 1 noyabrdan aholi internet tarmogʻi orqali roʻyxatga olinadi. Aholini roʻyxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarga haq toʻlanadi.

Oʻzbekiston aholisi 2023 yildan roʻyxatga olina boshlaydi

Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonda 2023 yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

2021 yil 1–25 noyabrda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, Xiva shahri hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanlarida aholi sinov tariqasida roʻyxatga olinadi.

Butun aholini roʻyxatga olish esa 2023 yil 1–25 noyabrda quyidagicha amalga oshiriladi:

  • 1–5 noyabrda aholi internet tarmogʻi orqali roʻyxatga olinadi;

  • 6–10 noyabrda internet orqali roʻyxatga olingan respondentlar va ularning uy manzillari roʻyxati shakllantiriladi;

  • 11–22 noyabrda aholini roʻyxatga olish varagʻi shakllari asosida uyma-uy yurib aholi roʻyxatga olinadi;

  • 23–25 noyabrda har bir uchastkadagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida oʻrganiladi.

Qaror bilan aholini roʻyxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarga haq toʻlash tartibi va miqdorlari tasdiqlandi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ