| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi105 marta oʻqildi

Oxirgi ikki oyda qancha fuqaro Toshkent shahri propiskasini oldi?

May va iyun oylarida Toshkent shahriga 1-band boʻyicha 13808 nafar, 2-band boʻyicha 17 606 nafar fuqarolar roʻyxatga olingan.

Oxirgi ikki oyda qancha fuqaro Toshkent shahri propiskasini oldi?

2020 yil boshidan buyon Toshkent shahriga jami 49936 nafar fuqaro doimiy propiska qilingan boʻlsa, shundan birgina may va iyun oylarida 39626 nafar fuqaro doimiy roʻyxatga kiritilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahri va viloyatida propiskasi boʻlmaganlar uchun uy olishga ruxsat berilganidan soʻng qancha fuqarolar uy sotib oldi?

Unga koʻra, may va iyun oylarida 1-band boʻyicha (qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga) 13 808 nafar, 2-band boʻyicha (qarindoshlar — oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga yoki xususiy mulki boʻlgan boshqa uy-joy maydoniga) esa 17 606 nafar fuqarolar doimiy roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 1 sentyabrdan boshlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarda esa 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha yashab turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bilan bogʻliq ishlar idoralararo hamkorlik orqali, Yagona darcha tamoyili asosida, Ichki ishlar vazirligining manzil avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ