| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi58 marta oʻqildi

Oʻrganilgan kamchiliklar bartaraf etilsa, soʻxliklarning 18 ming nafari ishli boʻladi

Respublika ishchi guruhi Soʻx tumanidagi 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda joylarda fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammolar oʻrganib chiqdi.

Oʻrganilgan kamchiliklar bartaraf etilsa, soʻxliklarning 18 ming nafari ishli boʻladi

Bosh vaziri Abdulla Aripov joriy yilning 1-3 iyun kunlari Soʻx tumaniga tashrif buyurib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mavjud muammolarini bartaraf etish bӯyicha topshiriqlar belgilab bergan edi.

Tumanga Respublika ishchi guruh vakillari ham tashrif buyurishdi. Ular tomonidan mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, tizimli hal etilishi bӯyicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Tumandagi dolzarb boʻlgan muammolardan biri ichimlik va sugʻorish suvi taʼminotidagi kamchiliklar hisoblanadi.

Respublika ishchi guruhi tumandagi 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda joylarda fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammolar oʻrganib chiqdi. Natija shuni koʻrsatmoqdaki, tumandagi 12 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida aholi tomorqalarini sugʻorish suvi bilan taʼminlash bevosita Qirgʻiziston Respublikasi hududidan oqib keladigan ariqlarga bogʻliq. Shu sababli suv yetkazib berishda jiddiy muammolar kelib chiqib, aholi tomorqalariga ekin ekish masalasida ancha qiyinchiliklarga uchramoqda.

Oʻrganishlarda maʼlum boʻlishicha, 4642 ta xonadonning 481 gektar tomorqa maydonlarini sugʻorish suvi bilan taʼminlash uchun 11 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida 13 dona tik sugʻorish quduqlari qurish va Sharqobod mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 1 dona ichki nasos agregatini rekonstruksiya qilish talab etiladi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida 5 mingga yaqin aholi xonadonlarining 481 gektar tomorqa maydonlari kafolatli suv bilan taʼminlanib, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishga imkoniyat yaratilishi bilan birga 18,0 mingdan ortiq aholi bandligini taʼminlashga erishiladi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 5,4 mlrd soʻm mablagʻ talab etilishi mutaxassislar tomonidan hisoblab chiqildi.

Soʻx tumanidagi mavjud muammolar bartaraf etilsa, fuqarolarning manfaatdorligi oshadi. Shu bilan birga yerdan samarali foydalanish tizimi ham asosli yӯlga qӯyilib, fuqarolarning qӯshimcha daromad topishlari uchun zamin yaratiladi.

Maʼlumot uchun, Fargʻona viloyatida 2019 yil yanvar-dekabrda aholini 1492,5 nafari doimiy ish oʻrniga ega boʻlgan. Bulardan 28,6 nafari Soʻx tumani aholisi. Viloyatning doimiy aholisi 3717,6 nafarni tashkil qiladi. Shundan 76,9 nafari Soʻx tumaniga toʻgʻri kelmoqda. Soʻx tumanida ishsizlik darajasi 9,9 %ni tashkil etadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ