Oktyabr oyida Oʻzbekistonda ishbilarmonlik faolligi koʻrsatkichi oʻrtacha darajada oʻsdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining sharhida IFI tarkibiy qismlarining dinamikasi va mintaqaviy kontekstidagi oʻzgarishlar haqida oʻqing.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil oktyabr oyida quyidagilarni tashkil etdi:
2020 yil sentyabr oyiga nisbatan – 1015 birlikni (oʻsish – 1,5%);
2019 yilning oktyabr oyiga nisbatan – 879 birlikni (pasayish – 12,1%).
Oʻzbekistonda joriy yilning oktyabr oyida ishbilarmonlik faolligi moʻʼtadil darajada oshdi. Ushbu oʻsish xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning bank operatsiyalari sonining, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar sonining oshganligi bilan izohlanadi.

1-rasm. 2020 yilning oktyabr oyida IFI oʻtgan oyga nisbatan 1,5 foizga oshgan
Komponentlar darajasida oʻzgarishlar boʻlgan.
2020 yilning oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 1,5 foizga oshib, 1015 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:
xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 7,3 foizga oshgan;
faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar boʻyicha komponent 1,4 foizga oshgan;
tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 2,4 foizga kamaygan;
tovar belgilari boʻyicha komponent 14,4 foizga kamaygan.
Hududlar kesimida Fargʻona viloyatida eng yuqori oʻsish surʼati qayd etilgan
2020 yil oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning barcha hududlarida oʻtgan oyga nisbatan oʻsish kuzatilgan. Fargʻona (44,8%), Sirdaryo (43,7%), Jizzax (42,3%) va Toshkent (33,8%) viloyatlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2-rasm).
Ishbilarmonlik faolligi indeksining oʻtgan oyga nisbatan moʻʼtadil darajadagi oʻsishiga qaramasdan, indeks oʻtgan yilning oktyabr oyiga nisbatan 12,1 foizga kamaygan. Shu bilan birga, Andijon viloyati (-9,4%) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (-1,0%) bazis davrga (yanvar, 2019 yil) pasayish kuzatilgan.

2-rasm. 2020 yil oktyabr oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi
BANK HISOB VARAQALARI BOʻYIChA OPERATsIYaLAR
2020 yil oktyabr oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 4 232,7 ming tani tashkil etdi va sentyabr oyiga nisbatan 288,4 ming tranzaksiyaga (7,3%) oshgan. Shuningdek, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 33,5 foizga sezilarli darajada kamayib ketgan.
Banklararo toʻlov operatsiyalari soni barcha hududlarda oshgan
2020 yil oktyabrda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi oʻsish Surxondaryo (16,2%), Jizzax (14,6%), Namangan (14,5%), Qashqadaryo (14,4%) va Buxoro (13,3%) viloyatlarida kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2020 yilning oktyabr oyida IFIning birja komponenti 0,9761 birlikni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 2,4 foizga pasaydi. Ushbu komponentning pasayishi har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlar oʻrtacha jismoniy hajmining 16,2 foizga kamayishi bilan izohlanadi.
Oktyabr oyi natijalariga koʻra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 30 086 ta bitim imzolangan boʻlib, sentyabr oyiga (26 994) nisbatan 3 092 ta bitimga (11,5 foizga) oshgan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil oktyabr oyida 2 183,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 31,4 foizga pasaygan.
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBʼEKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent 2020 yil oktyabr oyida 1,0139 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 1,4 foizga oshganligini koʻrsatadi.
2020 yil oktyabr oyida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar soni oʻtgan oyga nisbatan 8 369 taga koʻpayib, 503 217 tani (2020 yilning sentyabr oyida 494 848 ta) tashkil etdi.
Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soni 19 taga oshgan.
Hisobot davrida kichik korxonalar soni 398 771 tagacha yetib, oʻtgan oyga nisbatan 7 471 taga oshgan. Fermer xoʻjaliklari soni 100 614 tadan 101 493 tagacha (879 taga) koʻpaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subʼyektlar soni 2 953 tani tashkil etib, 2020 yil sentyabr oyiga nisbatan 19 taga oshagan.
BRENDLARNI ROʻYXATGA OLISh
2020 yil oktyabr oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 0,8557 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 14,4 foizga kamaygan. Joriy yilning oktyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 83 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.
Hududlarda IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi
Hududlar | IFI | Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent | Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent | Tovar belgilari boʻyicha komponent |
Fargʻona viloyati | ↑1448 | ↑1,1237 | ↑2,0000 | ↑1,0221 | ↑1,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1437 | ↑1,0577 | ↑2,0000 | ↑1,0096 | ↑1,5000 |
Jizzax viloyati | ↑1423 | ↑1,1463 | ↑2,0000 | ↑1,0104 | ↓0,0000 |
Toshkent shahri | ↑1395 | ↑1,0292 | ↑2,0000 | ↓0,9528 | ↓0,8429 |
Toshkent viloyati | ↑1338 | ↑1,0895 | ↑1,6839 | ↑1,0135 | ↑2,0000 |
Namangan viloyati | ↑1317 | ↑1,1453 | ↑1,6340 | ↑1,0130 | ↑1,3333 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1303 | ↑1,1440 | ↑1,6979 | ↑1,0145 | ↓0,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1229 | ↑1,1619 | ↑1,4992 | ↑1,0140 | ↓0,0000 |
Andijon viloyati | ↑1189 | ↑1,0688 | ↑1,3289 | ↑1,0142 | ↑2,0000 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ↑1117 | ↑1,0513 | ↑1,3114 | ↑1,0191 | ↓0,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1101 | ↑1,1334 | ↑1,2022 | ↑1,0142 | ↓0,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1067 | ↑1,1285 | ↑1,1218 | ↑1,0143 | ↓0,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1066 | ↑1,0489 | ↑1,1945 | ↑1,0055 | ↓0,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1025 | ↑1,1256 | ↓0,9458 | ↑1,0122 | ↑1,0000 |
Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan oʻzgarishi
Hududlar | IFI | Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent | Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent | Tovar belgilari boʻyicha komponent |
Toshkent shahri | ↑1425 | ↑1,0477 | ↑1,9412 | ↑1,1906 | ↓0,6705 |
Sirdaryo viloyati | ↑1400 | ↓0,6323 | ↑2,0000 | ↑1,3133 | ↑3,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1394 | ↓0,7966 | ↑2,0000 | ↑1,4306 | ↓0,0000 |
Namangan viloyati | ↑1367 | ↓0,7470 | ↑2,0000 | ↑1,2991 | ↓0,6667 |
Toshkent viloyati | ↑1333 | ↓0,7019 | ↑2,0000 | ↑1,2310 | ↓0,5556 |
Samarqand viloyati | ↑1227 | ↓0,8966 | ↑1,4972 | ↑1,4285 | ↓0,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1216 | ↓0,8449 | ↑1,4740 | ↑1,5011 | ↓0,0000 |
Fargʻona viloyati | ↑1167 | ↓0,7362 | ↑1,4105 | ↑1,2941 | ↑2,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1143 | ↓0,7124 | ↑1,5857 | ↑1,1784 | ↓0,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1142 | ↓0,7763 | ↑1,4453 | ↑1,3263 | ↓0,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1075 | ↓0,7251 | ↑1,2692 | ↑1,4250 | ↓0,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1011 | ↓0,7498 | ↑1,1078 | ↑1,2532 | ↑1,0000 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ↓990 | ↓0,6911 | ↑1,1777 | ↑1,2587 | ↓0,0000 |
Andijon viloyati | ↓906 | ↓0,6246 | ↓0,9367 | ↑1,1479 | ↑2,0000 |
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Infografika: Oʻzbekistonning 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida MDH davlatlari bilan savdo aloqasi

