Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi
Imtihonlar yozma tarzda «Matematika», «Fizika», «Informatika» hamda «Rus tili» fanlari boʻyicha uch kun davomida Olmaliq shahri «Metallurg» sport majmuasining futbol maydonida oʻtkaziladi.

20 avgust kuni Oʻzbekiston tajribasida ilk bor oliy oʻquv yurtlariga qabul imtihonlarini ochiq sport maydonlarida oʻtkazish amaliyoti «MISiS»dan boshlandi. Imtihonlar yozma tarzda «Matematika», «Fizika», «Informatika» hamda «Rus tili» fanlari boʻyicha uch kun davomida Olmaliq shahri «Metallurg» sport majmuasining futbol maydonida oʻtkaziladi. Imtihon kunlari joriy yilning 20-22 avgust kunlari etib belgilangan.
Sport majmuasining umumiy maydoni 7 ga tashkil etadi, imtihon oʻtishi rejalashtirilgan maydonning parametrlari 70 m ga 90 m ni tashkil etadi. Oʻyingohga kirish joylari 5 ta, bulardan ikkitasi imtihon payti qoʻllash maqsadga muvofiq. Majmuada ikkita hojatxona mavjud. Shuningdek kirish yoʻllariga ikkita dezinfeksiya tuneli oʻrnatilish belgilangan.
Abituriyentlar bir kishidan, oraliq masofani 2 metr qilib joylashtirildi. Imtihonlarni yuqori saviyada oʻtqazilishi, karantin qoidalariga rioya etilishi, bevosita «OKMK» AJ hamkorligida, ishlab chiqilgan «Yoʻl xaritasi» ga asosan tashkil etildi.
Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS» ning Olmalik shahridagi filiali uchun 2020-2021 oʻquv yilida kunduzgi va sirtqi taʼlim shakli boʻyicha belgilangan qabul kvotasi 250 tani tashkil etadi. Filial tomonidan 2020 yilning 20 iyunidan 31 iyuligacha masofaviy tarzda 1309 nafar abituriyentlardan hujjatlar qabul qilindi, jumladan, kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 790 nafar, sirtqi taʼlim shakli boʻyicha 519 nafarni tashkil etadi.
«MISiS»ning Olmaliq filialida «Metallurgiya (metall texnologiyasi)», «Avtomatlashtirish va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)» hamda «Konchilik» taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Fotogalereya 9
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi










