| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi57 marta oʻqildi

Oʻzbek milliy taomlari Hindistondagi festivalda namoyish etilmoqda

Hindistondagi “Surajkund Mela” festivali doirasida oʻzbek milliy taomlari ham namoyish etilyapti. Hindistondagi “The Societe” restorani direktori oʻzbek taomlarini yoqtirib qoldi. Endi restoran menyusiga oʻzbek milliy taomlarini kiritadi

Oʻzbek milliy taomlari Hindistondagi festivalda namoyish etilmoqda

Hindistondagi “Surajkund Mela” festivali doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi hamkorligida tashkillashtirilgan “Uzbek Food Festival” oʻzbek milliy taomlari festivalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Hindistonliklar oʻzbek taomlariga qiziqish bildirdi

Ishtirokchilar oʻzbek milliy taomlariga yuqori baho berib, Hindistonda oʻzbek oshxonalarini koʻpaytirish hamda restoranlar menyusiga milliy taomlarimizni qoʻshishga oid takliflar berdi. Taʼkidlash lozimki, soʻnggi yillarda xorijiy restoranlar tomonidan oʻzbek oshxonasiga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda, xorijiy mamlakatlarda oʻzbek taomlari tobora ommalashib bormoqda.

“The Societe” restorani oʻzbek taomlarini oʻz menyusiga kiritmoqchi

“Uzbek Food Festival” oʻzbek milliy taomlari festivali Hindistondagi “The Societe” restoranida boʻlib oʻtmoqda. Ushbu restoran direktori Praven Nayyar oʻzbek taomlarini albatta oʻz menyusiga kiritishini maʼlum qildi.

Oʻzbekistonlik oshpazlar hindistonliklarga mahorat darslarini oʻtib berishmoqda

Ayni paytda Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan mashhur oshpazlar Bobur Samatov, Bobur Turdiyev, Manuchehr Saidov va Sanjar Musinovlar hindistonlik hamkasblariga oʻzbek taomlarini tayyorlashga oid mahorat darslarini oʻtmoqda. Restoran rahbari Praven Nayyarning taʼkidlashicha, mazali va toʻyimli oʻzbek taomlari festivalga tashrif buyurayotgan mehmonlarga manzur boʻlmoqda.

Festival hali davom etadi

“Uzbek Food Festival” oʻzbek milliy taomlari festivali joriy yilning 1 fevral kuni boshlangan boʻlib, 16 fevralga qadar davom etadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ