| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi166 marta oʻqildi

Nurafshon Oʻzbekistonda birinchi “Smart City”ga aylanadi

Toshkent viloyatining markazi Nurafshon shahrini aqlli shaharga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Nurafshon Oʻzbekistonda birinchi “Smart City”ga aylanadi

Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi hisoblangan Nurafshonni ham mamlakatimizdagi birinchi aqlli shaharga aylantirish rejalashtirilyapti. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Umumiy maydoni 217 gektardan iborat boʻlgan Toʻytepa shaharchasi oʻrnida vujudga kelgan Nurafshon shahrining jami maydoni bugungi kunda qariyb 16 baravar kengaygan boʻlib, ayni paytda 3248 gektarga teng.

Mavjud 22 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 48 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Bugun shahardagi ulkan qurilish ishlari davom etmoqda. Xususan, shahar markazi Toshkent yoʻli koʻchasida 213 ta obʼyekt buzilib, joy egalariga mahalliy byudjet hisobidan 24 milliard soʻm tovon puli toʻlab berildi.

Markaziy koʻchada 172 ta bino va inshoot qad koʻtarishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda ularning 36 tasida qurilish ishlari olib borilyapti.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ