Niderlandiyalik ekspertlar Sardoba suv omboridagi toshqin sabablari boʻyicha taxminlarni maʼlum qildi
Niderlandiyaning Deltares tahlil markazi sunʼiy yoʻldoshdan olingan maʼlumotlar asosida Oʻzbekistondagi Sardoba suv omboridagi toshqin sabablari borasidagi hisobotni taqdim etishga tayyor.

Niderlandiyaning Deltares tahlil markazi sunʼiy yoʻldoshdan olingan maʼlumotlar asosida Oʻzbekistondagi Sardoba suv omboridagi toshqin sabablarini oʻrgandi va bu borada hisobotni taqdim etishga tayyor. Tadqiqot oʻtkazish tashabbusi Deltares ekspertlari Sanjay Giri, Gennadiy Donchits va Mark Xegnauer tomonidan ilgari surildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.
Ekspertlar fikricha toʻgʻonning buzilishiga yogʻingarchiliklar tufayli suv omborida suvning haddan ziyod koʻpligi, shamol toʻlqini yoki ichki eroziya sabab boʻlishi mumkin.

"Sardoba"dan saboqlar: "Sarez" koʻli muammosi
Hisobot mualliflarining qayd etishicha Sardoba suv omboridagi holat boʻyicha tezkor tahlil va falokatga berilgan baho taxminlarga asoslangan. Asosiy jarayonlarni tushunish va sabablarni aniqlash uchun chuqur va batafsil oʻrganish talab etiladi. Bunda yer ustki maʼlumotlari va suv ombori devorlarining konstruksiyasi, qurilish va unda ishlatilgan materiallar haqidagi axborotlarni bilish talab etiladi.
Niderlandiyalik ekspertlar meteorologik omillarni ham yaxshilab oʻrganish kerakligi va bu kelajakda tabiiy ofatlarga tayyor turish, texnik potensialni takomillashtirish va boshqa omillarga taʼsir qilishini taʼkidlagan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

