Navroʻz bayrami va ommaviy tadbirlar oʻtkazish bekor qilindi
Bosh vazir ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida Navroʻz bayrami tantanalarini oʻtkazish va odamlar toʻplanadigan tadbirlarni oʻtkazish bekor qilindi.

Bugun koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda bir qator qatʼiy choralar belgilandi.
Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekistonda Navroʻz umumxalq sayllari ham bekor qilinadi.
Ommaviy marosimlar, jumladan, uloq-koʻpkari, kurash va boshqa odamlar koʻp toʻplanadigan tadbirlar vaqtincha oʻtkazilmaydi. Barcha davlat va nodavlat tashkilotlarida majlislar oʻtkazish ham vaqtincha toʻxtatiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

