| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi257 marta oʻqildi

Navoiy viloyatida 300 kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi

13 may kuni Navoiy viloyatiga sel kelishi oqibatida bir necha uylar zarar koʻrgan, odamlar esa xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.

Navoiy viloyatida 300 kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi

Joriy yilning 13 may kuni taxminan soat 02:30dan 04:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yogʻingarchilik sababli sel kelishi kuzatilgan. Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar koʻrgan.

Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.

Oʻz vaqtida koʻrilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ