| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda

Moʻynoq tumanining odamlar gavjum boʻlgan joylar – “Dexqon bozori”, 6 ta koʻp qavatli uylar, 5 ta koʻcha, 50 dan ortiq davlat va nodavlat idoralari obʼyektlari jami 10 tonnaga yaqin xlorli eritma maxsus toʻrtta «MAN» va «ISUZU» purkagichli avtomashinalar bilan dezinfeksiya qilindi.

Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda

Koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish barcha tizim vakillaridan birdamlik va hamjihatlikda harakat qilish talab etiladi.

Ushbu tamoyilga amal qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hududida faoliyat yuritayotgan Prezident Xalq qabulxonasi, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va mudofaa boʻlinmlari hamda tibbiyot birlashmalaridan mutaxassis va xodimlardan iborat guruhlar tuzilib, joylarda kuchaytirilgan nazorat oʻrnatildi. Uzluksiz ravishda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinyapti.

Xususan, 19 iyul kuni 50 dan ziyod shaxsiy tarkib hamda qator maxsus texnika jalb etilgan holda tuman boʻylab keng qamrovli dezinfeksiya ishlari oʻtkazildi. Moʻynoq tumanining odamlar gavjum boʻlgan joylar – “Dexqon bozori”, 6 ta koʻp qavatli uylar, 5 ta koʻcha, 50 dan ortiq davlat va nodavlat idoralari obʼyektlari jami 10 tonnaga yaqin xlorli eritma maxsus toʻrtta «MAN» va «ISUZU» purkagichli avtomashinalar bilan dezinfeksiya qilindi.

Shu bilan bir qatorda, Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulotda vaziyatlar boʻlimi xodimlari maxsus texnika va uskunalar yordamida aholiga karantin qoidalari haqida, ularga amal qilish boʻyicha keng tushinitirish ishlarini olib bordi.

Fotogalereya 11

  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 1-surat, jami 11 ta
  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 2-surat, jami 11 ta
  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 3-surat, jami 11 ta
  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 4-surat, jami 11 ta
  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 5-surat, jami 11 ta
  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 6-surat, jami 11 ta
  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 7-surat, jami 11 ta
  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 8-surat, jami 11 ta
  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 9-surat, jami 11 ta
  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 10-surat, jami 11 ta
  • Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda — 11-surat, jami 11 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ