| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi195 marta oʻqildi

MIBning qator vakolatlari tegishli tashkilotlarga oʻtkaziladi

MIB 1 avgustdan gaz, elektr energiyasi uchun qarzdorlarning eshigini taqillatmaydi. Ularga berilgan bunday vakolat bekor qilindi.

MIBning qator vakolatlari tegishli tashkilotlarga oʻtkaziladi

18 iyun kuni “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan Majburiy ijro byurosining qoʻyidagi vakolatlari tegishli tashkilotlarga oʻtkaziladi:

  • elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring oʻtkazishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligiga;

  • elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlash, isteʼmolchilarning qarzdorligini kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va isteʼmolini hisobga olish boʻyicha vazifa va vakolatlari – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminoti” AJning hududiy tashkilotlariga;

  • elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga doir vakolatlar – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminoti” AJning hududiy tashkilotlariga hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;

  • elektr energiyasi va tabiiy gazni ehtiyot qilish va ulardan foydalanish yuzasidan isteʼmolchilarning huquqiy madaniyatini va masʼuliyatini oshirishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligi, Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminoti” AJga;

  • energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini taʼminlash tizimini kompleks tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash, takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga doir vazifalar – Energetika vazirligiga.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ