Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi bogʻlar xatlovdan oʻtkaziladi
“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ-4549-son, 11.12.2019 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlari joriy etiladi.
Meva-sabzavot klasteri tashabbuskor, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻrtasidagi uch tomonlama kelishuv asosida tashkil etiladi.
Qarorga koʻra:
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi mavjud bogʻ va tokzorlar xatlovdan oʻtkaziladi;
xatlov natijasiga koʻra samarasiz bogʻ va tokzorlarni yangilash yuzasidan tumanlar kesimida manzilli roʻyxatlar shakllantiriladi va tasdiqlanadi;
yangi bogʻ va tokzorlarni barpo etishda ular oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xoʻjaligi birlashmasiga biriktiriladi.
Quyidagi yerlarda intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etiladi, issiqxonalar quriladi hamda ular aholiga lizing va kredit shartlari asosida beriladi:
qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari;
hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalladan boʻshagan maydonlar;
yaroqsiz deb topilgan bogʻ va tokzorlar joylashgan yerlar.
Qarorga muvofiq:
qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi;
uzumchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafillik taqdim etiladi;
kam taʼminlangan oilalar bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolariga subsidiyalar ajratiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

