| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi223 marta oʻqildi

Metro qurilishida yuzaga kelgan avariya hududidan besh kishining jasadi tuproq ostidan olib chiqildi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan holat boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati qoʻshimcha maʼlumot berdi.

Avval xabar qilinganidek, Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining yangi qurilayotgan qismida favqulodda holat vujudga kelgan edi. Ayni paytda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan yuzaga kelgan holatni zudlik bilan bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq sodir boʻlgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida oʻrganish, zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila aʼzolariga yordam koʻrsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi. Qidiruv va qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan ikki kishining jasadi olib chiqildi va ularning shaxsi aniqlandi:

1. J.Ravshanov 1989 yilda tugʻilgan;

2. T.Abdullayev 1957 yilda tugʻilgan;

3. D.Abdullayev — 1999 yilda tugʻilgan;

4. A.Diyorov- 1986 yilda tugʻilgan;

5. I.Raxmatov- 1996 yilda tugʻilgan.

Hodisa sabablari va oqibatlarini oʻrganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ