Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yangi setka amalga kiritildi
1 fevraldan boshlab ish haqi, pensiyalar, nafaqalar miqdori oshirildi va mehnatga haq toʻlash boʻyicha yangi setka amalga kiritildi.Indeksatsiya miqdori 7 foizni tashkil etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 30 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 1 fevraldan boshlab ish haqi, pensiyalar, nafaqalar miqdori oshirildi va mehnatga haq toʻlash boʻyicha yangi setka amalga kiritildi. Indeksatsiya miqdori 7 foizni (1,07 baravar) tashkil etadi.
Yangi setkaga muvofiq, respublika hududida:
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) - oyiga 679 330 soʻm;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - oyiga 238 610 soʻm;
eng kam yoshga doir pensiyalar - oyiga 466 680 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 466 680 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 286 390 soʻm.
Bazaviy hisoblash miqdori (223 000 soʻm) oʻzgarishsiz qoldirildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

