| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi122 marta oʻqildi

Mehnat migratsiyasiga oid Oʻzbekiston-Janubiy Koreya kelishuvi imzolandi

Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun madaniy, taʼlim va maslahat berish loyihalari amalga oshiriladi.

Mehnat migratsiyasiga oid Oʻzbekiston-Janubiy Koreya kelishuvi imzolandi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Janubiy Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi va Chxonan shahar chet ellik ishchilarni qoʻllab-quvvatlash markazi oʻrtasida Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun madaniy, taʼlim va maslahat berish loyihalarini toʻsiqsiz amalga oshirishda oʻzaro yordam koʻrsatish toʻgʻrisida Kelishuv imzolandi.

Mazkur Kelishuvga muvofiq tomonlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qiladi:

  • Oʻzbekiston fuqarolari uchun koreys tili va boshqa oʻquv kurslarini tashkil etish tizimini yaratish;

  • madaniy tadbirlarni oʻtkazish va hamkorlikda zarur vazifalarni hal etish;

  • Oʻzbekiston fuqarolariga maslahat va amaliy yordam koʻrsatish;

  • tomonlarning hamkorligi uchun zarur boʻlgan boshqa masalalar.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ