| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Mahalliy yoʻnalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham toʻxtatiladi

Faqatgina karantin muddatini oʻtab boʻlgan fuqarolarni reabilitatsiya uchun shifoxonalarga va yashash manzillariga yetkazishda temiryoʻl va avtobuslardan foydalaniladi.

Mahalliy yoʻnalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham toʻxtatiladi

13 iyul dushanba kunidan mahalliy yoʻnalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham toʻxtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navroʻz Ashurmatov maʼlum qildi.

Kuchaytirilgan karantin tartibi sharoitida faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, xorijiy davlatlardagi fuqarolarimizni vatanga olib kelish boʻyicha repatriatsion reyslar bajariladi.

Chegara punktlaridan fuqarolarni karantin hududlariga yetkazish uchun avtobus tashuvlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, karantin muddatini oʻtab boʻlgan fuqarolarni reabilitatsiya uchun shifoxonalarga va yashash manzillariga yetkazishda temiryoʻl va avtobuslardan foydalaniladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ