| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi77 marta oʻqildi

Mahalliy yoʻnalishlardagi barcha poyezdlar qatnovi qayta tiklandi

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyasi 20 avgustdan qayta tiklanadigan poyezd qatnovlari jadvalini eʼlon qildi. Yoʻlovchilar uchun niqob taqish va boshqa sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish talabi saqlab qolinadi.

Mahalliy yoʻnalishlardagi barcha poyezdlar qatnovi qayta tiklandi

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyasi 20 avgustdan mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanishini maʼlum qildi.

15 avgustdan Toshkentdan Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlariga Afrosiyob poyezdlari qatnovi, shuningdek, Toshkent — Andijon reysi qayta tiklangan edi.

Qayta tiklanadigan poyezd reyslari:

20 avgust

  • 06:05 dan Toshkent janubiy vokzalidan 92-sonli Toshkent — Andijon;

  • 14:34 dan Andijon vokzalidan 391-sonli Andijon — Buxoro;

  • 21 avgust

  • 21:04 dan Buxoro vokzalidan 392-sonli Buxoro -Andijon;

  • 22:50 dan Toshkent janubiy vokzalidan 82-sonli Toshkent — Sariosiyo;

22 avgust

  • 16:00 dan Sariosiyo vokzalidan 81-sonli Sariosiyo — Toshkent;

  • 14:30 dan Andijon vokzalidan 397-sonli Andijon — Termiz;

  • 23 avgust

  • 15:25 dan Termez vokzalidan 398-sonli Termiz — Andijon;

  • 14:34 dan Andijon vokzalidan 393-sonli Andijon -Xiva;

25 avgust

  • 13:08 dan Xiva vokzalidan 394-sonli Xiva — Andijon;

26 avgust

  • 14:34 dan Andijon vokzalidan 91-sonli Andijon -Toshkent.

  • Yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Ayni vaqtda Sharq va Nasaf poyezdlari qatnovini qayta tiklash boʻyicha ishlar olib borilmoqda, deya qayd etdi kompaniya.

Yoʻlovchilar uchun niqob taqish va boshqa sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish talabi saqlab qolinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ