Mahalla vakillari va tadbirkorlik subʼyektlari oʻrtasida COVID-19ning Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari toʻgʻrisidagi soʻrov natijalari sarhisob qilindi
Tadqiqot natijalariga koʻra pandemiya kambagʻal oilalarning koʻpayishiga olib keldi. Mazkur tadqiqot shuni koʻrsatdi-ki, oziq-ovqat toʻplamlarini tarqatish kabi ayollar va keksalar uchun koʻproq zarur boʻlgan moddiy yordam koʻngilli koʻmak berishdan koʻra muhimroq deb hisoblandi.

2020 yil 11 noyabr kuni «Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab» hamda «COVID-19 pandemiyasining Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari”: mahalla vakillari va tadbirkorlik subʼyektlari orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma tadqiqotlar natijalarini koʻrib chiqish maqsadida, shuningdek, bularning natijalari boʻyicha eng maqbul harakatlarni muhokama qilish uchun raqamli videoanjuman boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM), Jahon banki, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi va BMTTD tomonidan tashkil etildi.
COVID-19 pandemiyasi va u bilan bogʻliq karantinga nisbatan Oʻzbekistondagi umummilliy javob choralarini takomillashtirish maqsadida BMTTD ITIM hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda oilalar uchun ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarning, shuningdek, kichik va oʻrta korxonalar uchun oʻrnatilgan cheklovlarning tahlilini amalga oshirdi.

Bugungi raqamli videoanjumanning maqsadi ushbu natijalarni qaror qabul qiluvchi mansabdor shaxslarga va ommaviy axborot vositalariga taqdim etishdan, shuningdek, aniqlangan maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha kelgusi qadamlarni belgilab olishdan iborat edi. Mazkur maʼlumotlar COVID-19 oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan kelajakdagi siyosiy mexanizmlar va qonunchilik hujjatlari uchun asos boʻlib xizmat qilishi lozimligi, shuningdek, ulardan Oʻzbekistonning pandemiyadan soʻng kelgusi tiklanishida foydalanish kerakligi borasida takliflar bildirildi.
Jahon bankining mahalla raislari oʻrtasida oʻtkazgan soʻrovnomasi metodikasi va vazifalari Jahon iqtisodiyoti boʻyicha katta iqtisodchi, Markaziy Osiyoda kambagʻallik va tenglik dasturlari rahbari Uilyam Zays tomonidan taqdim etildi. Jahon bankining mahalla raislari oʻrtasida iqtisodiy taʼsir boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovining asosiy xulosalarini Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining bosh ilmiy xodimi Baxtishod Hamidov taqdim etdi. Rivojlanish strategiyasi markazi rahbari Furqat Yunusov mahalla raislari oʻrtasida ijtimoiy taʼsir oʻtkazish boʻyicha oʻtkazilgan soʻrov natijalarini taqdim etdi. BMT Taraqqiyot Dasturining samarali boshqaruv klasteri rahbari Kamila Muxamedxanova COVID-19 ning rivojlanish va aholining zaif qatlamlariga taʼsiri boʻyicha mahalla vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari toʻgʻrisida taqdimot qildi. BMT Taraqqiyot Dasturi maslahatchisi Yuliy Yusupov inqirozning dastlabki bosqichida COVID-19 ning kichik va oʻrta biznesga taʼsiri haqida gapirdi. Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni kamaytirish vazirligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Nurbek Yoʻldoshev kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha strategik vazifalar haqida soʻzlab berdi. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining boʻlim boshligʻi Ugʻiloy Oʻrazova "temir daftar" reyestriga kiritilgan oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash haqida gapirdi. COVID-19 inqirozidan chiqishda bandlik muammolarini hal qilish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vakili tomonidan taqdim etildi.
COVID-19 pandemiyasining uy xoʻjaliklariga boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy taʼsiri boʻyicha tadqiqot 2020 yilning may-iyun oylarida amalga oshirildi va uning davomida Oʻzbekistonning barcha hududlaridagi mahalla rahbarlari bilan soʻrovnomalar oʻtkazildi. Soʻrovnomalarda 3670 respondentlar ishtirok etdi. Jumladan, mahalla raislari (84,7%), ularning oʻrinbosarlari (12,8%) va mahalla faollari (2,5%), shulardan 62,9% qishloq mahallalari vakillaridir. Tadqiqot natijalariga koʻra pandemiya kambagʻal oilalarning koʻpayishiga, ayniqsa, shahar hududlarida, olib keldi.

Eng koʻp zarar koʻrganlar – kam taʼminlangan oilalar (48% respondentlar tomondan qayd etildi, ayniqsa, Namangan va Samarqandda), koʻp bolali oilalar (40% respondentlar tomondan qayd etildi, ayniqsa, Toshkent viloyatida) va qaytib kelgan mehnat muhojirlari mavjud oilalar (55% respondentlar tomondan qayd etildi, ayniqsa, Jizzax va Qashqadaryoda). Ushbu salbiy oqibatlar ichiga asosan daromadlarning pasayishi va ishni yoʻqotish kiradi, bunga tegishli ravishda 74% va 58% respondentlar ishora qildilar.
Mazkur tadqiqot shuni koʻrsatdi-ki, oziq-ovqat toʻplamlarini tarqatish kabi ayollar va keksalar uchun koʻproq zarur boʻlgan moddiy yordam koʻngilli koʻmak berishdan koʻra muhimroq deb hisoblandi.
Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ichiga quyidagilar kiritildi:
- Xususiy sektorni zaruriy mahsulotlarni import qilish yoki mahalliy darajada ishlab chiqarishga ragʻbatlantirish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy siyosat choralarini oʻzgartirish;
- Mahallalarda kichik xususiy korxonalarni tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar va xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanishga ragʻbatlantirish;
- Zaruriy yordamni olishda xotin-qizlar uchun yengillik yaratish, shuningdek, ularni tashvishlantiruvchi masalalar tinglanishini taʼminlash;
- COVID-19 kasalligidan davolangan odamlar tomonidan xatar yoʻqligini ommaviy axborot vositalari taʼkidlab turishini taʼminlash.

Bir vaqtning oʻzida oʻtkazilgan soʻrovnomada, butun Oʻzbekiston boʻylab tadbirkorlik subʼyektlari bilan oʻtkazilgan 887ta suhbat asosida, COVID-19 pandemiyasining mamlakat darajasida kichik va oʻrta korxonalarga taʼsiri oʻrganildi. Soʻrovnoma davomida aniqlanishicha, turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohalariga mansub kichik va oʻrta korxonalar hamda Sirdaryo, Namangan, Navoiy viloyatlarida, Toshkent shahrida va Qoraqalpogʻistonda joylashgan korxonalar eng koʻp zarar koʻrdilar, ayni vaqtda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklaridagi korxonalar eng kam talafot koʻrdilar.
Pandemiya davrida eng koʻp qiyinchiliklarga uchragan korxonalar qatoriga ish jarayonlarini koʻchirish imkoniyati yoʻqligi yoki internetga ulanish imkoni yohud kerakli uskunalar mavjud emasligi sababli masofaviy ishlay olmagan korxonalar kirdi.
Mazkur ikkinchi tadqiqot boʻyicha hisobotda berilgan tavsiyaga koʻra, kichik va oʻrta korxonalarga koʻrsatilayotgan yordam oʻz ichiga korxonalarning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish, soliq yukini kamaytirish, kredit foizlarini pasaytirish uchun institutsiyaviy muhitni yaratish orqali moliyaviy koʻmakdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda masofaviy ishga oʻtishni qoʻllab-quvvatlash kabi chora-tadbirlarni qamrab olishi lozim.

11 noyabr kuni boʻlib oʻtgan videoanjuman davomida ushbu tadqiqotlarning uslubiyatlari va natijalari taqdim etildi, shuningdek kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha batafsil strategik maqsadlar, jumladan yordamga koʻproq muhtoj boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash ("temir daftarlarda" koʻrsatilganidek), va ishsizlik muammosini hal etish uchun vositalardan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Barcha ishtirokchilar Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy tiklanish surʼatini jadallashtirish uchun yangi qonunchilik va siyosatni ishlab chiqishda ushbu tadqiqotlarning natijalaridan foydalanish borasida oʻz qiziqishlarini bildirdilar.
Fotogalereya 3
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Infografika: Oʻzbekistonning 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida MDH davlatlari bilan savdo aloqasi




