| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi76 marta oʻqildi

"Lola va kabob" festivalida havo sharida tekinga uchishingiz mumkin

Qashqadaryoda oʻtkaziladigan "Lola va kabob" festivalida 20ta havo shari uchiriladi. Festival ishtirokchilari ushbu sharlarda 5 daqiqa bepul uchushlari mumkin.

"Lola va kabob" festivalida havo sharida tekinga uchishingiz mumkin

Oʻzbekiston Gastronomik Turizmi assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Aeronavtika Federatsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan.

100 nafar Xalqaro toifadagi xorijlik havo shari uchuvchilari keladi

Oʻzaro hamkorlikning ilk bosqichi sifatida, aprel oyida Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida oʻtkaziladigan "Lola va kabob" festivalida 100 nafar Xalqaro toifadagi xorijlik havo shari uchuvchilari "Lola va kabob" festivalining ochilish marosimida 20ta havo sharida uchishlari kutilmoqda.

Shou tarzida tomosha koʻrsatiladi

Parvoz davomida shou tarzida tomosha koʻrsatishlari, shuningdek, festival ishtirokchilari havo sharlarida 5 daqiqa davomida bepul parvoz etishlari uchun sharoit yaratilishi kutilmoqda.

Hamkorlikda boshqa loyihalar ham amalga oshiriladi

Assotsiatsiyasi va Federatsiya oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik orqali kelajakda Gastromomik festivallarda havo sharlari uchirilishini yoʻlga qoʻyish va boshqa bir qator loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ