Kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilandi
Aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksining sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanishi bilan bogʻlik noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik koʻrsatilgan moddalariga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, Jinoyat kodeksining 186³-moddasiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilanib, ushbu harakatni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etganlik uchun aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mazkur oʻzgartirishlar Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

