| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi739 marta oʻqildi

Koronvirus yuqtirganlar soni ortib bormoqda

Xitoyda tarqalgan xavfli virus natijasida oʻlganlar soni bir yarim ming nafardan ortdi, kasallikdan tuzalganlar soni sakkiz ming nafarga yetdi.

Koronvirus yuqtirganlar soni ortib bormoqda

Statistik maʼlumotlarga koʻra, ayni vaqtda dunyo boʻyicha 66493 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Xitoy hududida 42 655 kishida kasallik holati qayd etilgan.

Jami 8279 kishi kasallikdan davolanib, tibbiyot muassasasidan javob berib yuborilgan boʻlsa, vafot etganlar soni 1526 kishini tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Xitoy hukumati 2019 yil 31 dekabrda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga Xubey viloyatining Uxan shahrida nomaʼlum virus tarqalgani haqida xabar qilgan. Keyinchalik mutaxassislar tomonidan kasallik tarqatuvchisining 2019-nCoV koronavirusi ekanligini maʼlum qilgandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ