| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat3 daqiqada oʻqiladi6 694 marta oʻqildi

Koronavirusni yuqtirmaslik uchun nimalarga ahamiyat qilish lozim

Sogʻliqni saqlash vazirligi Yangi koronavirus haqida qisqacha maʼlumotlar va uni yuqtirmaslik uchun tavsiyalar berdi.

Koronavirusni yuqtirmaslik uchun nimalarga ahamiyat qilish lozim

Yangi koronavirus Xitoyda 2019 yil dekabrda aniqlanib, shu paytdan boshlab dunyo mamlakatlari boʻylab tarqalmoqda. Koronavirus nafas olish hujayralarini shikastlaydi.

Inkubatsion davri 2 kundan 14 kungacha davom etadi. Hozirgi kunda virus tarqalishi asosan odamdan odamga, koʻpincha yaqin aloqa oqibatida oʻtishi evaziga yuz bermoqda. Virusni yuqtirmaslik va undan himoyalanish uchun SSV tavsiyalar berdi.

Koronavirus alomatlari:

  • Isitma, yoʻtal, holsizlik va nafas qisishi.

Xavf guruhiga kimlar kiradi?

Yangi koronavirusni barcha yoshdagi odamlar yuqtirishi mumkin. Yoshi katta, surunkali kasallikka yoʻliqqan, immuniteti zaiflashgan odamlar kasallikni boshdan kechirishi qiyinroq kechishi mumkin.

Koronavirusga qarshi vaksina bormi?

Hozirgi kunda infeksiyaning oldini olish uchun vaksina, shuningdek, 2019-nCoV virusga qarshi maxsus davolash mavjud emas. Klinikalar tomonidan testdan oʻtkazilib, oʻziga xos davolash usullari bugun oʻrganilmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlarining mutaxassislari bilan birgalikda virusga qarshi yangi vaksina va davolash metodlarini yaratish ustida faol ishlashmoqda.

Yuqtirib olish xavfini qanday kamaytirish mumkin?

  • Qoʻllarni tez-tez va yaxshilab sovun bilan oqar suvda yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqat qilish davomida hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan yoki hayvon bilan aloqadan keyin qoʻllarni yuvish;

  • Yuzingizni qoʻlingiz bilan koʻp ushlamang;

  • Imkon qadar teatr, kinoteatr, aeroport, vokzal bozor va katta doʻkonlar kabi koʻp odam yigʻiladigan joylarga borishni kamaytiring. Bozorga borganda hayvonlar bilan bevosita aloqa qilishdan chekining;

  • Yoʻtalganda, burun qoqqanda va aksirganda ogʻiz bilan burunga bukilgan tirsak, yeng yoki salfetkani tuting. Undan keyin salfetkani darhol axlatga tashlang va qoʻlingizni yuvishni unutmang;

  • Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan chekining. Yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasida, u bilan bir xonada yoki uzoq vaqt mobaynida kasal yuqtirgan bemorga qarash zonasida individual himoya vositalarisiz (xalat, qoʻlqop, niqob) boʻlish tushuniladi. Shuningdek, yaqin aloqa bemor boʻlgan xonaga qatnash, kasal yuqtirgan odamdan ajralib chiqqan suyuqlik, masalan, balgʻam, bilan aloqani oʻz ichiga oladi;

  • Kasallikning ilk alomatlari kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling.

Oziq-ovqat xavfsizligi uchun zarur chora-tadbirlar

  • Xom goʻsht va pishirilgan mahsulotlar uchun alohida pichoq va chopish taxtalarini ishlating;

  • Pishirilgan mahsulotlar bilan muomala qilishdan oldin xom mahsulotlarni, ayniqsa, goʻsht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qoʻllarni astoydil yuving;

  • Goʻsht mahsulotlarini ovqatga ishlatish sharti shuki, ular yaxshilab qaynatilgan yoki qovurilgan, yaʼni puxta pishirilgan boʻlishi kerak;

  • Kasal hayvon yoki kasallik oqibatida oʻlgan hayvon goʻshtini aslo ovqatga ishlatmang;

  • Kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlarning xom yoki chala qaynatilganlarini isteʼmol qilishdan chekining. Kesishma zararlanishga yoʻl qoʻymaslik uchun xom goʻsht, sut bilan ehtiyotkor muomala qilish lozim. Sutni yaxshilab qaynating.

Infeksiyadan himoya vositasi sifatida ogʻiz va burun uchun moʻljallangan tibbiy niqobni taqib yurish qanday holatlarda shart?

  • Sizda respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa – yoʻtal, nafas olishda qiynalish boʻlsa;

  • Respirator infeksiya alomatlariga ega bemorga qarayotgan boʻlsangiz;

  • Sogʻliqni saqlash tizimi xodimi boʻlib, respirator infeksiya alomatlariga ega bemorlarni borib koʻrsangiz tibbiy niqobni taqib yurishinigiz shart.

Spirtli vositalar yordamida bolalar qoʻlini dezinfeksiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni majburiy tartibda yarating

  • Bolalarga qoʻllarni sovun bilan astoydil va tez-tez yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqatlanishdan oldin hamda hojatxonadan keyin qoʻllarni yuvish, dars va tanaffus paytida spirtli nam salfetkalarda artish zarurligi haqida eslatib turing;

  • Bolalarga yuzlarini koʻp qoʻl bilan ushlamaslikni tavsiya eting;

  • Bolalar yoʻtalganida, burun qoqqanida va aksirganida ogʻiz bilan burunga dastroʻmol yoki salfetkani tuting. Undan keyin dastroʻmol yoki salfetkani darhol axlatga tashlang va qoʻlni yuving;

  • Bolalarga shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan muloqot yoki yaqin aloqa qilishdan chekinishni ayting (yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasigacha turish);

  • Bolalarda ilk kasallik alomatlari kuzatilganda, uyda qolish va darhol shifokorga murojaat qilishni tavsiya qiling;

  • Bogʻcha bolalaridan birontasi kasallansa, darhol uni izolyasiya qiling, kasallanish haqida ota-onasiga xabar bering va tez tibbiy yordam chaqiring;

  • Bollarga doim ogʻiz va burun uchun moʻljallangan tibbiy niqoblaridan foydalanishni hamda yashash uylari va sinf xonalarini toza havo bilan shamollatishni tavsiya eting;

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ