Koronavirusga chalinganlar va ularning yaqinlarini tibbiy axborot bilan taʼminlovchi 1105 raqami ishga tushirildi
COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy sharoitida karantinga olingan yurtdoshlarimizni alohida tibbiy axborot bilan taʼminlovchi, ular haqida maʼlumotni oʻrganib turuvchi 24 soat mobaynida ishlaydigan 1105 raqamli call-markazi tashkil etildi.

Koronavirus kasalligidan davolanayotganlarni tibbiy xizmat bilan taʼminlovchi va ular haqida maʼlumotni oʻrganib turuvchi 1105 raqamli call-markazi tashkil etildi.
Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qatʼiy chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Respublikamizda koronavirusga qarshi karantin choralarni amalga oshirish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy sharoitida karantinga olingan yurtdoshlarimizni alohida tibbiy axborot bilan taʼminlovchi, ular haqida maʼlumotni oʻrganib turuvchi 24 soat mobaynida ishlaydigan 1105 raqamli call-markazi tashkil etildi.
Mazkur call-markazi uy va shifoxona sharoitida COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy karantiniga olingan yurtdoshlarimiz, ularning yaqinlari va oila aʼzolariga tezkor va aniq axborot koʻmagini berish hamda ular bilan axborot almashinishga qaratilgan.
Abonentlar barcha telefon aloqalari orqali mazkur raqamga murojaat qilishlari va kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

