Koronavirusdan toʻqqizinchi oʻlim holati qayd etildi
29 aprel kuni toshkentlik 61 yoshli bemor oʻtkir respirator disstres sindrom, oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

1959 yilda tugʻilgan poytaxtlik G. shu yilning 15 aprel kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) bilan yotqizilgan. Oʻtkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan soʻng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. Shundan soʻng, unga ixtisoslashgan tibbiy yordam berish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasiga ogʻir holatda oʻtkazilgan.
Bemorda bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kabi qator xastaliklar boʻlganligi sababli davolanish ogʻir kechib, 14 kun sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan. Bundan avval, yaʼni joriy yilning 2 fevralida u ilk bor bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan va davolanib chiqqan.
61 yoshli ushbu bemor davolanish davomida kunlik ahvoli video muloqotlar orqali xorijlik va mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida boʻlgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar oʻtkazib kelingan.
Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida oʻtkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir respirator disstres sindrom, oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda hozirgacha koronavirus infeksiyasidan 9 ta oʻlim holati qayd etildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

