| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi270 marta oʻqildi

Koronavirusdan sogʻayganlar 900 nafarga yetdi

Bugun, 28 aprel kuni Fargʻona viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqdi. Ular viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Koronavirusdan sogʻayganlar 900 nafarga yetdi

Fargʻonadan sogʻayganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol boʻlib, 4 nafari Fargʻona viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan va 1 nafari Sirdaryo viloyatidan. Ularning 5 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olgan. Eng yoshi kattasi 48 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tugʻilgan. Viloyatda shu paytga qadar 52 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 59 nafarga yetdi.

Qashqadaryoda tuzalib chiqqan 14 yoshli (erkak ) bemor Chiroqchi tumanidan boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyatda shu paytga qadar 4 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 5 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 900 nafarni tashkil etmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ