Koronavirusdan davolanayotgan bir bemor un 32 mln soʻm sarflanmoqda
Bugungi kunda mamlakatda virusdan davolanayotganlar soni 573 kishi boʻlib, ularga sarflangan mablagʻ 18 mlrd 507 mln soʻmni tashkil etadi.

Ayni paytgacha Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga davlat byudjetidan jami 209 mlrd 196 mln soʻm mablagʻ ajratilgan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Unga koʻra, kasallikdan batamom forigʻ boʻlib, reabilitatsiyaga kuzatilgan bemorlar 2492 kishiga yetgan (25 maygacha boʻlgan maʼlumot).
Maʼlumot oʻrnida, virusdan xalos boʻlganlarning har biri uchun 32,3 mln soʻmdan sarflanmoqda. Bundan tashqari, reabilitatsiyaga chiqarilgan bemorlarga deyarli 7 mlrd soʻm mablagʻ sarflanib, natijada odam boshiga 2,8 mlnga toʻgʻri keladi.
Bayonot berilishicha, bugungi kunda mamlakatda virusdan davolanayotganlar soni 573 kishi boʻlib, ularga sarflangan mablagʻ 18 mlrd 507 mln soʻmni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda 45 455 nafar inson karantinda boʻlib turibdi va ularga jami 100 mlrd soʻmdan ortiqroq davlat byudjetidan pul sarflanmoqda.
Ayni vaqtgacha mamlakatimiz boʻylab 3261 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

