| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi386 marta oʻqildi

Koronavirus yuqtirganlar soni oʻn nafarga yetdi

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni bugun yana ikki nafarga koʻpaygan. Istanbuldan kelgan oʻzbekistonlik fuqaroning turmush oʻrtogʻida ushbu kasallik aniqlangan.

Koronavirus yuqtirganlar soni oʻn nafarga yetdi

Shu yilning 15 mart kuni soat 05:15 da “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yoʻnalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Istanbuldan mazkur reys bilan birga kelgan bemorning turmush oʻrtogʻi va yana bir fuqaroda ham ushbu infeksiya tasdiqlangan.

Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan ushbu bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli boʻlib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi

Infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ