| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi383 marta oʻqildi

Koronavirus tufayli uchinchi oʻlim holati qayd etildi

Chirchiq shahrida yashovchi 40 yoshli fuqaro Sh.da koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 31 mart kuni respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Bemor Sh.da yurak va oʻpka yetishmovchiligi sabab yurak faoliyati toʻxtashi kuzatilgan.

Koronavirus tufayli uchinchi oʻlim holati qayd etildi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Sh. shu yilning 30 mart kuni tez tibbiy yordam orqali ogʻir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga barcha zarur muolajalar koʻrsatilgan. Shu yilning 31 mart kuni bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga oʻtkazilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasi unda koronavirus infeksiyasi borligini tasdiqlagan.

40 yoshli bemor ushbu klinikaning reanimatsiya boʻlimida sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan. Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A. Xadjibayev rahbarligida Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I. Liverko, yetakchi reanimatologlar D. Sobirov va X. Sattarov ishtirokida videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

Biroq qator soha mutaxassislarining oʻtkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan kecha oqshom bemorning ahvoli keskin yomonlashgan. Yetakchi reanimatolog va bosh torakal xirurg Sh. Xudoybergenov boshchiligidagi mutaxassislardan kerakli tavsiyalar ham olingan. Berilgan tavsiyalarni toʻliq bajarilishiga qaramasdan bemor Sh.da yurak va oʻpka yetishmovchiligi sabab yurak faoliyati toʻxtashi kuzatilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ