Koronavirus oqibatida vafot etganlar soni ming kishidan oshib ketdi
Xitoyda tarqalgan xavli virus natijasida oʻlganlar soni ming nafardan ortdi, kasallikdan tuzalganlar soni toʻrt ming nafarga yetdi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, ayni vaqtda dunyo boʻyicha 43126 ming nafar kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Xitoy hududida 42 655 kishida kasallik holati qayd etilgan.
Jami 4219 kishi kasallikdan davolanib, tibbiyot muassasasidan javob berib yuborilgan boʻlsa, vafot etganlar soni 1018 kishini tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Xitoy hukumati 2019 yil 31 dekabrda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga Xubey viloyatining Uxan shahrida nomaʼlum virus tarqalganini xabar qilgan. Keyinchalik mutaxassislar tomonidan kasallik tarqatuvchisining 2019-nCoV koronavirusi ekanligini maʼlum qilgandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

