Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor oʻtkir nafas, oʻpka va yurak yetishmoqchiligidan vafot etdi
19 aprel kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga oʻta ogʻir ahvolda yotqizilgan va sunʼiy nafas olish apparatiga ham olingan. 24 aprel kuni oʻtkir nafas, oʻpka va yurak yetishmoqchiligidan vafot etdi. Oʻzbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 8 nafarga yetdi.

Shu yilning 19 aprel kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga oʻta ogʻir ahvolda yotqizilgan va sunʼiy nafas olish apparatiga ham olingan. Tezkor diagnostik tahlillardan soʻng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Shundan soʻng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli tibbiyot klinikasiga oʻtkazilgan. Bemorda oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, oʻtkir respirator distress sindrom, gipertoniya kasalligi ikkinchi bosqich, xavf 4, semizlikning 3 darajasi boʻlganligi sababli kasallik ogʻir kechib, davolanish davomida hamisha sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan.
Bemorning shu kungacha kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida boʻlgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar oʻtkazib kelingan.
Biroq mutaxassislarimizning belgilangan standartlar asosida oʻtkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir nafas, oʻpka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

