| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi63 marta oʻqildi

Koreya va Singapur davlatlaridan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami yetib keldi

Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, koʻmak yukida 206 ming dona shu kabi tibbiy niqoblar mavjud. Cingapurning «Temasek Foundation» fondi 30 dona «Yuwell 7F-5» kislorod konsentratorini begʻaraz asosda taqdim etdi.

Koreya va Singapur davlatlaridan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami yetib keldi

22 iyul kuni Koreya Respublikasi hukumati taqdim etgan va mamlakatimiz Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi uchun moʻljallangan insonparvarlik yordamining ikkinchi joʻnatmasi ortilgan «Korean Air» aviakompaniyasi samolyoti Oʻzbekistonga yetib keldi.

Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, 144 ming dona tibbiy niqobdan iborat insonparvarlik yordamining birinchi joʻnatmasi joriy yilning 10 iyul kuni yetkazib berilgan edi. Hozirgi koʻmak yukida 206 ming dona shu kabi tibbiy niqoblar mavjud.

Shuningdek, Cingapurning «Temasek Foundation» fondi 30 dona «Yuwell 7F-5» kislorod konsentratorini begʻaraz asosda taqdim etdi. 22 iyul kuni yuklarni Oʻzbekiston tomoniga rasmiy topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Kislorod konsentratorini mamlakatimizga joʻnatish bilan bogʻliq tashkiliy jarayon Oʻzbekistonning Cingapurdagi elchixonasi tomonidan amalga oshirildi.

Cingapur tomonining 30 ta kislorod konsentratorini yetkazib berish boʻyicha qaror Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi kompleks chora-tadbirlar va qatʼiy harakatlarni amalga oshirish maqsadida oʻz vaqtida va manzilli koʻrsatilgan yordam boʻldi.

Uskunalarni mamlakatimizga olib kelish uchun 22 iyul kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan Shanxay shahri orqali reys tashkil qilindi. Ayni paytda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi kislorod konsentratorlarini qabul qilib oldi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ